Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasiga rahbar tayinlandi
Avval ushbu lavozimda ishlagan Xurshid Nazarov 2025 yil fevral oyida Jomboy tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi rahbari buyrug‘i bilan Yo‘ldoshev Sherali Mamaraimovich agentlikning Samarqand viloyati boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi.
Sh.Yo‘ldoshev tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Undan avval Nurobod tumani hokimi bo‘lib ishlagan. Shuningdek, xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimining o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.