Viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhiga rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimda ishlagan Behzod Rahmatullayev Toyloq tumani hokimi etib tasdiqlangandi

Bugun viloyat hokimining tegishli qarori bilan Rahmatullayev Alimardon To‘ramurodovich viloyat hokimligi tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimida ish boshladi.

U 1987 yilda Sirdaryo viloyati, Mehnatobod tumanida tug‘ilgan.

Samarqand davlat universitetida tahsil olgan A.Rahmatullayev 2012 yilda shahar hokimligi axborot xizmati rahbari vazifasida ish boshlagan.

2015-2019 yillarda hokimlik tashkiliy-nazorat guruhi yetakchi, bosh mutaxassis bo‘lgan. 2019-2021 yillarda tashkiliy-nazorat guruhiga rahbarlik qilgan.

Bugungi tayinlovga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi tashkiliy-nazorat va murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan.