Samarqand viloyati 74 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importini amalga oshirgan

2020 yil yanvar-avgust oylarida import hajmi 707,8 million AQSh dollarini tashkil qilib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 78,5 foizni tashkil etdi.

Import qilingan mahsulotlar orasida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari 35,9 foizni, asosan material turiga qarab klassifikatsiyalangan sanoat tovarlari 18,9 foizni hamda kimyoviy vositalar 32,4 foizni tashkil qilgan.

2020 yil yanvar-avgust oylarida Samarqand viloyati 74 davlat bilan tovarlar va xizmatlar importini amalga oshirgan.

Importda viloyatning asosiy hamkorlari Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Qozog‘iston, Yaponiya, Sloveniya va Germaniya davlatlari bo‘lib ularning jami importdagi ulushi 70,1 foizni tashkil qilmoqda.

Viloyat importida asosiy hamkor davlatlarning ulushi quyidagi diagrammada aks ettirilgan.

Yurtimizda rivojlanish yuksalgan sari sarmoyaviy muhit yaxshilanib bormoqda. Buning natijasida mashina va uskunalar, shuningdek, ularning qismlarining importiga bo‘lgan ehtiyoj oshib bormoqda.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.