Payariq tumanining sobiq hokimi yangi lavozimda ish boshladi

Xabaringiz bor, shu yil 5 avgust kuni viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Shunqor Xudoyberdiyev Payariq tumani hokimi etib tasdiqlangandi.
O‘sha sessiyada lavozimidan ozod qilingan Jabborov Isroil Ismoilovich bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Isroil Jabborov 1982 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi viloyat kengashi axborot-targ‘ibot bo‘limi konsultanti sifatida boshlagan. Shuningdek, 2005-2006 yillarda Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kolleji o‘qituvchisi bo‘lgan.
2006-2012 yillarda viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati referenti, viloyat hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati mudiri, viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.