"Parij-2024": Bugun 10 nafar sportchimiz bellashadi
Fransiya poytaxtida o‘tkazilayotgan yozgi Paralimpiya o‘yinlari o‘zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Bugun musobaqaning navbatdagi kuni doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 10 nafar a’zosi medallar uchun bahslarga kirishadi. Sportchilarimiz para velosport, para o‘q otish, para suzish va para yengil atletika bahslarida yurtimiz sharafini himoya qiladilar.
4 sentyabr kuni ishtirok etadigan sportchilarimiz:
Para velosport
11:27. G‘olibbek Mirzayorov, S2, shosse. vaqt poygasi
Para o‘q otish
12:30. Server Ibragimov, P4, 50 m. to‘pponchadan otish
12:30. Shahnoza Mamajonova, P4, aralash, 50 m. to‘pponchadan otish
Para suzish
12:30. Dmitriy Xorlin, S12, 100 m. erkin
Paral yengil atletika
13:00. Kubaro Hakimova, F41, disk uloqtirish
13:00. Madina Muxtorova, F41, disk uloqtirish
13:44. Urganch Egamnazarov, T11, 100 m. yugurish
14:47. Roziya Ergasheva, F46, yadro uloqtirish
14:47. Shaxina Yigitaliyeva, F46, yadro uloqtirish
Para velosport
16:51. Azimbek Abdullayev, S5, shosse. vaqt poygasi