Paxtachida ayol MIB xodimini tayoq bilan kaltakladi

Joriy yilning 13 sentyabr kuni MIB Paxtachi tumani bo‘limi xodimlari Hunarmand mahallasida joylashgan xususiy korxonaga o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulanib olganligi holatini tekshirish maqsadida borganida N.R. (1991 y.t, ayol) MIB xodimlarining faoliyatiga qarshilik ko‘rsatib, ularni haqorat qilgan. Buning ustiga MIB xodimi B.U.ni tayoq bilan urib, tanasining turli joylariga jarohat yetkazgan. Xodim F.X.ning qo‘lidan dalolatnomani tortib olib, ularni yirtgan, yoqib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan N.R.ga nisbatan JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi, 219-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, tergov harakatlari davom etmoqda.