Paxtachining avtomagistral yo‘lida yuk avtomashinasining old qismi yonib ketdi

Kecha, 17 iyun kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanidan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lining 127-km.da Ipak yo‘li mahallasida yashovchi 31 yoshli B.M. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtomashinasiga solyarka yoqilg‘isini quyayotgan vaqtida yong‘in sodir bo‘lgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Oqibatda yuk avtomashinasining old kuzovi, motor qismi va old tomon g‘ildiraklari yonib zarar ko‘rgan hamda yong‘in o‘chirish vaqtida haydovchi B.M. va uning 23 yoshli yo‘lovchisi ham kuyish jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar  boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.