Ertaga Samarqand shahridagi ayrim ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi
2 noyabr kuni viloyatimizda bir qator siyosiy tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.
"Tadbirlarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida shu kuni Samarqand shahrining Ibn Sino, Rudakiy, Bo‘stonsaroy, Motrid, Sadriddin Ayniy, Shohi Zinda, Universitet xiyoboni, Registon, Mirzo Ulug‘bek nomli ko‘chalarida, shuningdek, M-39 va M-37 avtomobil yo‘llarining Samarqand shahar, Samarqand, Oqdaryo va Payariq tumanlari hududidan o‘tgan qismlarida avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.
Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda bemorlar va shoshilinch tez tibbiy yordamga zarurati bor yurtdoshlarimizga, shuningdek, favqulodda vaziyatlar xodimlariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.
Samarqand shahriga respublikamizning boshqa hududlaridan, shuningdek, viloyatimizning shahar-tumanlaridan kelayotgan yurtdoshlarimizga 2 noyabr kuni belgilangan rejalarini boshqa kunga ko‘chirishlari tavsiya etiladi.
Hurmatli yurtdoshlar va yurtimiz mehmonlari" Yuzaga kelayotgan vaqtinchalik noqulayliklarni to‘g‘ri tushungan holda, vaziyatga xolis baho berishingizni va yo‘llarda xavfsizlikni ta’minlayotgan yo‘l-patrul xizmati inspektorlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining qonuniy talablarini aniq bajarishingizni so‘rab qolamiz", deyiladi Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabarida.