Ayrim ko‘chalarda transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi
- 04.08.2021 09:25
- 470
- Samarqand
Samarqand shahar hokimining tegishli farmoyishiga ko‘ra, 5 avgustdan 14 avgustga qadar soat 06:00 dan 20:00 gacha oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkaziladigan test sinovlari munosabati bilan Samarqand shahrining quyidagi ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi:
— Turkiston ko‘chasinining Samarqand turizm texnikumi oldidagi tutashmasidan 5-mikrorayonga kirish yo‘li tutashmasigacha bo‘lgan qismida;
— Kimyogarlar qo‘rg‘oni Umid ko‘chasining Ziyolilar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Madaniyat saroyi oldidagi maydongacha bo‘lgan qismida;
— Islohot ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan tutashmasidan, «Lokomotiv» stadioniga kirish darvozasigacha hamda Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
— Depo ko‘chasining Arman ko‘chasi bilan tutashmasidan, «Lokomotiv» stadionining kirish darvozasigacha bo‘lgan qismida.
Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Kambag‘allik kamayib, ishsizlik pasayadi
- Bugun, 16:50
- Iqtisodiyot
(Tuman)ga gazeta kerak
- Bugun, 14:43
- Mutolaa
Yolg‘on yarmarkadan kimga naf?
- Bugun, 14:27
- Samarqand
Bilyard ustalari Samarqandda jam bo‘ldi
- Bugun, 14:15
- Sport