Kontrakt uchun to‘langan mablag‘larga daromad solig‘i solinmaydi

Ta’lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

➖ o‘zingiz uchun;
➖ farzandlaringiz uchun;
➖ 26 yoshgacha bo‘lgan turmush o‘rtog‘ingiz uchun.

Agar kontrakt to‘lovi ish joyingiz orqali ish haqingizdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lim tashkilotiga o‘tkazilsa, ushbu summaga daromad solig‘i hisoblanmaydi.

Agar kontraktni o‘zingiz elektron, naqd yoki naqdsiz shaklda to‘lagan bo‘lsangiz, yil yakuni bo‘yicha deklaratsiya topshirib, to‘langan daromad solig‘ini qaytarib olish mumkin.

Soliq imtiyozi tijorat banklaridan olingan ta’lim kreditini va uning foizlarini qoplash uchun yo‘naltirilgan daromadlarga ham tatbiq etiladi.