Peshonadagi o‘q bilan 31 yil

Amerika fuqarolar urushi (1861-1865)da qatnashgan Jeykob Miller jang paytida peshonasidan o‘q yedi. Boshidagi to‘xtamay qon oqayotganini ko‘rgan askarlar uning o‘lganiga iqror bo‘lishdi...

Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, Miller uyg‘onib, o‘z otryadiga keldi va barchani hayratda qoldirdi.
Shundan so‘ng uzoq vaqt davomida Miller ochiq yara bilan yashashiga to‘g‘ri keldi. Chunki qo‘rg‘oshin o‘q uning bosh suyagida singib ketgan va vaqti-vaqti bilan bosh og‘rig‘i berib turardi, xolos. Boshqa vaqt esa bezovta qilmasdi.
Jarohatdan 31 yil o‘tgach, o‘qning oxirgi bo‘lagini olib tashlashdi. Shundan so‘ng Millerning yarasi butkul tuzaldi. E’tiborlisi, 5 yillik fuqarolik urushi faxriysiga aylangan "otaxon" shundan keyin ham hech qanday o‘q asoratisiz uzoq yil umrguzaronlik qildi.

Bahora tayyorladi.