Prezident 2021 yilgi davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonini imzoladi
- 03.02.2021 20:59
- 179
- Dolzarb
Shavkat Mirziyoyev 2021 yil – «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18–28 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazildi.
Muhokamalar natijasida 4 mingga yaqin taklif kelib tushgan. Bu takliflarni har tomonlama ko‘rib chiqish yakuniga ko‘ra, loyihaga jami 50 ga yaqin konseptual hamda 100 dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Davlat dasturi jami 274 ta banddan iborat. Dasturda rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 29 492,7 mlrd. so‘m hamda 2 600,4 mln. AQSh dollari va 57,5 mln. yevro miqdoridagi mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa