Prezidentlik saylovlari: Bolsonaro oldinda edi, Silva g‘alaba qozondi
- 31.10.2022 10:26
- 53
- Xorij

Braziliyadagi prezident saylovlarida chap qanot Ishchilar partiyasi asoschisi va sobiq prezident Lula da Silva g‘alaba qozondi. Oliy saylov sudi yakuniy natijalariga ko‘ra, unga saylovchilarning deyarli 51 foizi ovoz bergan.
Ovozlarni sanash boshidanoq yetakchilikni amaldagi davlat rahbari Jair Bolsonaro qo‘lga oldi, biroq jarayon davomida Silva undan o‘zib ketdi. Bolsonaro, mos ravishda, taxminan 49 foiz ovozga ega.
Rio-de-Janeyroda minglab braziliyaliklar Lula da Silvaning prezidentlik saylovidagi g‘alabasini nishonlamoqda.
Teglar:
Braziliya
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Go‘shtning narxi tushdimi?
- 41 daqiqa avval
- Iqtisodiyot
Afrosiyob shaxmati
- 1 soat avval
- Mutolaa
Beozor onaizor
- Kecha, 19:53
- Mutolaa
Mustaqillikka 34 yil: Farovonlik manzaralari
- Kecha, 18:50
- Jamiyat