Braziliya prezidenti ko‘chada ovqatlanishga majbur bo‘ldi
Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru COVID-19 ga qarshi emlanmaganligi sababli Nyu-Yorkdagi restoranga kiritilmadi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Davlat rahbari AQShga BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida ishtirok etish uchun keldi. Tashkilot binosiga kirish uchun emlanganlik to‘g‘risida hujjat bo‘lishi shart emas, lekin Nyu-Yorkda emlash sertifikatisiz umumiy ovqatlanish binolariga tashrif buyurish taqiqlangan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Avvalroq, Nyu-York meri Bill de Blazio shaharga kelayotgan jahon rahbarlarini tashrif oldidan emlanishga chaqirgan edi. BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh ham xuddi shunday fikr bildirdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi 14 sentyabrda ochildi. Sessiyaning asosiy voqeasi - yuqori darajali haftalik 21-27 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.