Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Putin Rossiyaning g‘alla bitimiga qaytishi shartlarini e’lon qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb davlatlari Rossiyani don bitimiga qaytarishi mumkin bo‘lgan shartlarni sanab o‘tdi.

Vesti.azning MKga tayanib xabar berishicha, davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda Qora dengiz g‘alla tashabbusining insonparvarlik mohiyati qayta tiklanishi kerak.
Bundan tashqari, oziq-ovqat va o‘g‘itlar yetkazib berishga xizmat ko‘rsatuvchi Rossiya banklari oldidagi to‘siqlar, shu jumladan ularni SWIFT xalqaro bank hisob-kitob tizimiga zudlik bilan ulanishi kerak.

Boshqa shartlar qatorida Vladimir Putin quyidagilarni sanab o‘tdi:
- jahon bozorlariga g‘alla va o‘g‘itlarni yetkazib berish sanksiyalari olib tashlanishi;
- qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun ehtiyot qismlar va butlovchi qismlarni yetkazib berishni tiklash;
- Rossiya kemalarini sug‘urtalash bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish;
- oziq-ovqat ta’minoti logistikasini tiklash;
- Tolyatti - Odessa ammiak quvuri faoliyatini tiklash.