Qashqadaryoda besh erkak 26 yoshli qizning nomusiga tegdi
- 12.11.2019 10:36
- 1392
- Hodisa
Ushbu jinoyatning qisqacha tafsiloti bilan tanishgan kishi ham nafratlanadi, ham hayratlanadi, deb yozadi Postda.uz internet nashri.
Nafratlanarlisi shuki, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida yashovchi o‘ttiz yoshdan oshgan besh nafar fuqaro joriy yilning oktyabr oyida, tungi soat 1:30 da ko‘chada ketayotgan 26 yoshli M.T.ni majburlab mashinaga o‘tqizib, ovloq joyga olib borishadi va nomusiga tegishadi.
Hozirgi kunda jinoyatchilarning barchasi ushlanib, JKning 118-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hayratlanarlisi, voqea yarim tunda sodir etilgan. Haqli savol tug‘iladi, yosh qizning shu paytda sababsiz ko‘chada yurishiga ota-onasi qanday yo‘l qo‘yib berdi? Bu ham oilada tarbiya masalasiga e’tiborsizlikdan biri emasmi? Bu kabi savollar ko‘p. Lekin bu singari savollarni jiddiy o‘ylab ko‘rmaslikning oqibati jinoyatlar kelib chiqishiga sabab emasmi?!