Qashqadaryoda yangi ixtiro: “Velomofet” (foto)

- Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Fazli qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Shamsi bobo bir necha yillardan buyon nogiron. Hayotga bo‘lgan qiziqishi u kishini ixtiroga boshladi, - deb yozadi Feruz Xolmirzayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. – Nogironlik aravachasi va velosipeddan foydalanib, “Velomofet” (o‘zlari shunday nom bilan atagan)ni ixtiro qildi. Ushbu “Velomofet” nogironligi bor odamlarga ancha asqotadi. Sababi u elektr toki va qo‘lda boshqariladi. Hozirda Shamsi bobo “Velomofet”ga patent olish harakatida. Boboning ta’kidlashicha, agar ushbu ixtirosi ishlab chiqarilsa, uyda yotib qolgan nogironlarga ancha yordam bo‘lar ekan. Ana shunday qurilmaning bittasini ishlab chiqarishga bir yarim million so‘m ketadi.

Xabarda “Velomofet”ning nogironlarga qulaylik tug‘diruvchi sifatlari keltirilmagan. Shunday bo‘lsa-da, ixtironing kelajagiga umid qilib qolamiz.