2019 yil ixtirolari
Samarqand davlat universiteti dotsenti Maysara Salohiddinova muallifligida “O‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lgan o‘tkinchi metallar ioni bilan aktivlashtirgan fosfat va silikat shishalarga murakkab maydonlarning termoradiatsion ta’sirida fundamental yutilish chegarasini va kvant effektlarining o‘zgarishini tadqiq etish” mavzusidagi loyiha bo‘yicha “Ustroystvo visokotemperaturnoy termoobrabotki vne i v gamma pole radiatsionnogo istochnika” nomli ishlanmaga patent olindi.
Shuningdek, fizika-matematika fanlari doktori Farhod Ahmadjonov muallifligida “Vozdeystviye primesnix i radiatsionno-indutsirovannix defektov na mexanizmi akusticheskogo zatuxaniya i akusticheskuyu i opticheskuyu aktivnost v metallax i dielektrikax” mavzusidagi loyiha bo‘yicha “Ustroystvo dlya pretsizionnogo opredeleniya skorosti akusticheskix voln v materialax” nomli ishlanmaga patent berildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti ijtimoiy fanlar o‘qituvchisi R.Shodiboyev va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fakulteti talabasi N.Samatova bolalar ongini rivojlantiruvchi «Motessori doska»sini ishlab chiqdi. Shuningdek, institut talabalari - S.Nomozova, R.Javbo‘riyeva, S.Ibragimova va F.Rafiyeva ko‘zi ojiz bolalar uchun ingliz tilini o‘rgatuvchi maxsus audio kitob yaratdi. Institutning ingliz tili fakulteti talabalari - J.Nasrullayev va Sh.Oripov esa o‘zbek tili orfografiyasini to‘g‘ri yozish dasturini ixtiro qildi.
Samarqand davlat tibbiyot instituti o‘qituvchilari - Gulandom Shodiqulova, Zarrina Bobomurodova, To‘lqin Atoyevlar muallifligida “Biriktiruvchi to‘qima differensiallashmagan displaziyasi bo‘lgan yoshlarda yurak qon-tomir kasalligi asoratining rivojlanish ehtimolini aniqlovchi dastur”ga patent olindi. Shuningdek, institutning professor-o‘qituvchilari - Doston Toirov, Ilhom Sultonov, Ibrat Ahmedov va Salim Davlatovlar muallifligida “Irsiy bog‘liqlik orqali revmatik kasalliklarning rivojlanish xavflilik darajasini aniqlash uchun dastur”iga patent berildi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti talabasi Sardorbek Rahmonov “Vatanparvar bog‘i” dasturi ishlab chiqdi.