Qashqadaryoning sobiq hokimi Jizzax viloyatida tuman hokimi bo‘ldi
- 27.10.2019 18:12
- 768
- Dolzarb
Jizzax viloyatining Zarbdor tumani hokimi Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
O‘zAning yozishicha, Zarbdor tumaniga 2013 yildan buyon Qashqadaryo viloyati hokimi bo‘lib ishlab kelgan Ro‘ziyev Zafar Sharopovich tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati hokimi ishdan olingani va uning o‘rniga shu paytgacha Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumaniga rahbarlik qilib kelgan Zoyir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingandi.
O‘z navbatida Sharof Rashidov tumaniga Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Xolbo‘tayev Mahmud Parsamatovich tayinlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda zamonaviy IT-park qurilishi boshlandi
- Kecha, 20:29
- Ta’lim
Ilmiy tadqiqotlar hayotga joriy etilyaptimi?
- Kecha, 17:18
- Salomatlik
Qudachilik va kibr
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Antibiotiklar foydalimi yoki zararli?
- Kecha, 16:38
- Ta’lim
Ekologiya: Bugungi beparvolik, ertangi fojia
- Kecha, 16:30
- Dolzarb