Qozog‘istonda «SamAvto» SAZ LE60 avtobuslarini ishlab chiqarish boshlanadi

26 may kuni Samarqand avtomobil zavodi va «SariarkaAvtoProm» Qozog‘istonda SamAvto SAZ LE60 past polli avtobuslarini ishlab chiqarishni boshlash to‘g‘risida bitim imzoladilar.

Seriyali ishlab chiqarish iyun oyida boshlanadi va shu yil oxiriga qadar 200 dona texnika sotuvga chiqariladi. 2022 yilda bu raqamni 1000 donaga yetkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yildan beri past polli «SamAvto» SAZ LE60 avtobusi yangilangan versiyada ishlab chiqarilmoqda. Yangilangan modelga "G‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida"gi YeIB Bojxona ittifoqining texnik reglamentiga muvofiqlik sertifikati topshirildi. Olingan sertifikat Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston va Qirg‘izistonda 2024 yilgacha amal qiladi.