Rossiya koronavirusni davolovchi dori eksportini boshladi
Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RFPI) va “XimRar” kompaniyalar guruhi koronavirusni davolash uchun “Avifavir” preparati eksportini boshladi. Dori vositasi iyun oyida Belarusga jo‘natilgan. Yaqin vaqt oralig‘ida Qozog‘istonga yetkazilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, doriga dunyoning 50 ga yaqin mamlakatlari qiziqish bildirgan.
“Avifavir” joriy yil 29 mayda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan va u “Favipiravir” faol ta’sir etuvchi moddalarni o‘z ichiga olgan koronavirusga qarshi dunyoda birinchi doriga aylangan.
U koronavirus infeksiyasining oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash bo‘yicha uslubiy tavsiyalari ro‘yxatiga kiritilgan. “Avifavir” klinik sinovlarda samarali ekanini isbotlagan va koronavirusning ko‘payish mexanizmini bloklash xususiyatiga ega.
Tabletka shaklida mazkur dori vositasi nisbatan arzon va koronavirus bilan zararlanishning dastlabki bosqichlarida davolash imkonini beradi.