Rossiyada bir sutkada 30 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari bartaraf etildi

Rossiya hududida o‘tgan sutka ichida 3 ming gektar maydonda 30 ta o‘rmon yong‘inlari bartaraf etildi, deb xabar berdi federal Aviao‘rmonqo‘riqlash matbuot xizmati.

Bir kun oldin 22 ming gektar maydonda 80 ta o‘rmon yong‘inlari bartaraf etilgan.

“O‘rmon xo‘jaligi mintaqaviy dispetcherlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan sutka mobaynida Rossiyada 3217 gektar maydonda 33 ta o‘rmon yong‘ini bartaraf etilgan” - deyiladi xabarda. 

Ta’kidlanishicha, 26 iyul holatida RF hududida 163 ming gektar maydonda 165 ta o‘rmon yong‘inlari amal qilmoqda. Bir sutka ichida yong‘in maydoni 147 ming gektarga oshdi. Eng ko‘p yong‘in Irkutsk hududida qayd etilgan – 135 ming gektardan ortiq maydonda 77 holatda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu hududning ham yong‘in maydoni oshdi, oldinroq u 120 ming gektarni tashkil etgandi. Bundan tashqari, Xabarovsk o‘lkasida – 1 ming gektardan ortiq o‘rmon hududida 8 ta yong‘in,  Perm o‘lkasida – 5 gektar maydonda 1 ta yong‘in, Yamalo – Nenetsk avtonom okrugida 2 gektar maydonda 2 ta yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in maydoni, shuningdek, Yakutiya, Yugra va Zabaykalsk o‘lkalarida ham oshgan. Tyumen viloyatida yong‘in maydoni oshmagan. Krasnoyarsk o‘lkasida va Buryatiya Respublikasida yong‘in maydoni qisqargan.

Bulardan tashqari, yong‘in maydoni Krasnoyarsk o‘lkasining maxsus qo‘riqlanadigan tabiiy hududida oshgan (GPZ “Tungusskiy”) – 570 gektardan 1570 gektargacha, Xabarovsk o‘lkasining maxsus qo‘riqlanayotgan tabiiy (GPZ “Djugdjurskiy”) hududida yong‘in maydoni 94 gektardan 552 gektarga oshdi. Buryatiya Respublikasida (NP “Zabaykalskiy”) yong‘in maydoni o‘zgarmadi – 183 gektar.

O‘rmon yong‘inlarini bartaraf etishda 2715 nafar odam va 343 dona texnika safarbar etilgan. Aviamonitoringda – 42 dona havo kemasi yong‘inni bartaraf etishga jalb etilgan.