Rossiyadagi yirik korxonalar xodimlarining Samarqandga sayohat uyushtiriladi

Rossiyaning Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida o‘tkazilgan turizm va mehmondo‘stlik sanoati xalqaro ko‘rgazmasida Samarqand viloyati turizm sohasi mas’ullari va sayyohlik kompaniyalari vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Viloyat turizm boshqarmasi mas’ul xodimi Suhrob Ergashevning ma’lum qilishicha, ko‘rgazmaning birinchi kunida Rossiya va boshqa davlatlarning fuqarolarini yurtimizga sayohatga jalb qilish bo‘yicha 20 dan ortiq shartnoma imzolangan.
E’tiborli jihati, ilk bor Rossiyadagi yirik korxona va tashkilotlar xodimlarining Samarqandga sayyohatlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishilgani aytilmoqda.