Rossiyaning ish beruvchi korxonalari Samarqandda ishchilarni tanlov asosida ishga olmoqda

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali tomonidan "Ishga marhamat" monomarkazida qurilish sohasida O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyaga ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyiha doirasida ish beruvchi kompaniyalarning bo‘sh ish o‘rinlari uchun navbatdagi tanlov tashkil etildi.


Tanlovda xorijga chiqish pasportigi ega nomzodlar kasbiy malaka va rus tilini bilish darajasiga ko‘ra suhbat asosida ish beruvchi vakillari tomonidan tanlab olinmoqda.

Tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tib, tibbiy ko‘rik natijalari ijobiy chiqqan fuqarolar ushbu davlatga ishlash uchun jo‘natiladi.