Rossiyaning Ust-Kamchatskiy hududida kuchli vulqon kuzatilmoqda, uning oqimi 20 km.gacha borishi mumkin
- 11.04.2023 10:33
- 34
- Xorij
"Shiveluch" vulqoni otilishi munosabati bilan Ust-Kamchatskiy oblasti aholisiga o‘z uylarini asossiz tark etmaslik tavsiya etilmoqda, viloyatda maktablar yopilgan, transport harakati to‘xtagan.
Olimlarning fikriga ko‘ra, vulqon oqimi 20 kilometrgacha borishi mumkin, kul yopirilishi Kamchatkaning markaziy qismiga yetib borishi kutilmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, vulqonidan chiqqan kul buluti 500 kilometrga tarqalgan va Petropavlovsk-Kamchatskiyga yetib borishi mumkin. Klyuchi qishlog‘ida (vulqondan 50 km uzoqlikda) so‘nggi 60 yildagi eng kuchli kul yog‘ilishi bo‘ldi: allaqachon 8,5 santimetr kul tushgan. Tumandagi barcha shifoxona va poliklinikalar kecha-kunduz ishlashga o‘tkazildi (foto va video ijtimoiy tarmoqlardan)