Rostov va Samaradan ming nafarga yaqin yurtdoshlarimiz O‘zbekistonga olib kelinmoqda
- 25.08.2020 11:45
- 72
- O‘zbekiston
Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan hamda Samara viloyatidan olib kelish uchun “Toshkent-Rostov-Don-Toshkent” va “Toshkent-Kinel-Toshkent” temir yo‘l reyslarini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 23 avgust kuni 927 nafar yurtdoshlarimiz bilan poyezd “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan.
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar qilishicha, vatandoshlarni olib kelish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi Samara viloyatining “Kinel” stansiyasiga 24 avgust kuni yetib kelishi rejalashtirilgan.
Vatanimizga qaytib kelganidan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda karantinda bo‘lishlari shart.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 22 daqiqa avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa