Samarqand davlat chet tillar institutida qo‘shma ta’lim dasturlari uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

2021-2022 o‘quv yilida Samarqand davlat chet tillar institutida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari uchun ajratilgan qabul ko‘rsatkichlari, ya’ni kvotalar rasman tasdiqlangan. Bu haqda institut axborot xizmati xabar bermoqda.

Samarqand davlat chet tillar institutida bakalavriat bosqichi uchun 4 ta, magistratura mutaxassisliklari uchun esa 1 ta qo‘shma ta’lim dasturi mavjud.

Tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarida bakalavriat uchun 2+2 shakli, magistratura uchun 1+1 shakli mavjud.

2+2 dasturida bakalavrlar 2 yil, ya’ni 1-, 2 kursda institutda, 3 va 4 kursda hamkor hisoblangan xorijiy oliy ta’lim muassasasida tahsil oladi.

Shuningdek, 1+1 dasturida magistrantlar 1-kursda ta’limni institutida olishsa, 2-kursda esa ta’lim jarayonini hamkor hisoblangan xorijiy oliy ta’lim muassasasida davom ettiradi.

Ushbu dasturlarga qabul jarayoni joriy yilning 13 sentyabridan 25 sentyabriga qadar davom etishi rejalashtirilgan.