Samarqand hokimi va sarkarda Yalangto‘sh Bahodir haqida tarixiy drama yaratildi
Mazkur asarda 1576 (78) – 1656 yillarda yashab, jangu jadallarda sarbozlik ko‘rsatgan Samarqand hokimi (amir) bo‘lgan Yalangto‘sh Bahodir haqida gap boradi.
O‘sha vaqtlarda Samarqand hududi Buxoro xonligi tasarrufida bo‘lgan. Asar voqealari asosan 1619 va 1640 yillarni o‘z ichiga oladi.
Aynan shu yillar davomida Yalangto‘sh Bahodirni zaminimiz bunyodkorligi uchun o‘z hissasini qo‘shgan, buyuk obidalarimiz sanalmish Tillakori va Sherdor madrasalarining bunyod bo‘lishiga sabab bo‘lgan ulkan mehnati va mashaqqatlari aks etgan voqealar asarda jonlantirilgan. Registon ansamblining bunyod etilishiga sababchi bo‘lgan sarkarda, Samarqand amiri Yalangto‘sh Bahodir siymosi bugungi kun va kelajak avlod tasavvuri va qalbida muhim joy egallashi uni o‘z Vataniga bo‘lgan jonkuyarligi, fidoyiligi asar mazmunida keng ochib ko‘rsatilgan.
Pesada Yalangto‘shning jangovar qudratini ifodalovchi sahnalar, bunyodkorlik ishlari, adolatli rahbarligi, uddaburon davlat arbobi ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Farzand tarbiyasi, ilm targ‘ibotchisi va himoyachisi, adolat peshvosi, xalq dardi va kelajagi uchun kurashgan jasur tarixiy siymoni biz bu pesa orqali yanada chuqurroq anglashimiz mumkin. Natijada shunday bobokolonlarimiz borligidan faxrlanib, Vatanga bo‘lgan sadoqatimiz, ishonchimiz va Vatan kelajagi uchun shijoatimiz yanada oshadi va teranlashadi.
Yalangto‘sh Bahodir tarjimai holi hali ko‘pchilik yosh avlod ongida aniqroq shakllanmagan bo‘lsa-da, bu asar orqali 1612-1656 yillarda Samarqand amiri, adolatli jonkuyar rahbar, mohir sarkarda Yalangto‘sh Bahodir siymosi va qudratli kurashi barcha yosh avlodni, qolaversa, barcha teatr ixlosmandlarining qalbidan chuqur joy egallaydi va tarixga, bobokalonlarimizga bo‘lgan ehtiromimizni yana bir pog‘ona yuksaltiradi.
Mazkur tarixiy drama shu yil 15 sentyabr kuni Samarqand viloyat musiqali drama teatrida namoyish etiladi.