Samarqand qachon “millionlik shahar” bo‘ladi?

Taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» loyihasiga ko‘ra, avgust oyida mazkur masala bo‘yicha Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari ishlab chiqiladi.

Boshqa amaliy ishlar shu qaror asosida bajariladi.

Shuningdek, kelgusi yilda Samarqand shahri “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish bo‘yicha vazirlar darajasidagi xalqaro konferensiyaga mezbonlik qilishi ko‘zda tutilmoqda.

Umuman, Samarqandni “Turizm darvozasi”ga aylantirish orqali, kelgusi besh yilda turizm xizmatlari hajmi kamida 110 barobarga oshirilib, sohada 40 ming kishining bandligi ta’minlanadi.

Buning uchun 170 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylarini tashkil etish, yotoq o‘rinlar sonini 19 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, Xalqaro kulinariya va servis maktabi tashkil etilib, o‘qitishga Fransiya, Yaponiya, Turkiyadan yetakchi restoratorlar jalb etiladi.

Viloyatda Xalqaro gastronomik festival tashkil qilinib, bu yerdagi xalqaro aeroportga yangi xorijiy tashuvchilarni jalb qilish orqali parvozlar soni va geografiyasi oshiriladi.