Samarqand shahar adliya bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi

Bugun Samarqand shahar hokimligi majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Ya’ni, Bekzod Jumaboyev Samarqand shahar adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
B.Jumaboyev mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Jomboy tumani adliya bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat olib borgan.