Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahar Narpay ko‘chasi qachon kengaytiriladi?

Telegram botga kanalimizga  G‘olib Xudoyqulov ismli foydalanuvchidan Samarqand shahar Narpay ko‘chasining kengaytirilishi va bu yerdagi uy-joylarning qachon buzilishi bo‘yicha ma’lumot berishimizni so‘rab, savol kelgan edi.

Ushbu savolga javob olish maqsadida Samarqand shahar hokimligiga murojaat qildik. Hokimlik mas’ul xodimi Feruz Najmiddinovning ma’lum qilishicha, 2019-2020 yillarda Narpay ko‘chasidagi yo‘l kengaytirilib, o‘rtasidan tramvay yo‘lining uchinchi liniyasi, yo‘lning ikki chetida ko‘p qavatli turar-joy binolari ham quriladi. Hozirda amalga oshiriladigan ishlarning bosh rejasi ishlab chiqilib, Narpay ko‘chasidagi uylar xatlovdan o‘tkazilayapti.