Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahridagi ko‘chalarning 20 foizi ta’mirlangan

Bu haqda ayni paytda efirga uzatilayotgan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining «Ochiq muloqot» ko‘rsatuvida Samarqand shahar hokimi vazifasini bajaruvchi B.Obloqulov aytib o‘tdi.

Hokim, shuningdek, ko‘chalarning ayanchli ahvoli qator yillar mobaynida samarqandliklarning davomiy muammosi bo‘lganini bildirib, uni tuzatish bo‘yicha 2018 yilda 90 kilometr masofadagi 116 ta markaziy va ichki ko‘chalarda 17,3 mlrd. so‘mlik turli darajadagi ta’mirlash ishlari amalga oshirilganini qayd etdi.

Shuningdek, hokim joriy yilgi dasturda 150 ga yaqin ko‘chalarda ta’mirlash ishlari bajarilishi rejalashtirilganini bildirdi.