"Tuxumkorobka" yo‘llar siz tomonda bormi?

Siz yashayotgan hududdagi yo‘llarning ahvoli qanday? Asfalti o‘pirilib, ayanchli ahvolga tushgan ko‘chalar bormi yoki yo‘qmi? Ammo bizda bor.  

Qo‘yidagi suratda Urgut-Bulung‘ur yo‘lining "Ispanza" uchastkasidagi qismining ahvoli. Nomiga judayam mos – “Tuxumkorobka”!

Marhum Ergash Karimov va uning xotini o‘ynagan miniatyuralar teatridagi "Lampashisha" borku, o‘shanda kotibaning soch turmagi lampashishaga qanchalik o‘xshasa,  ancha yillardan beri yo‘lsozlar nazaridan chetda qolib kelayotgan ushbu yo‘lning bir qismi ham “Tuxumkorobka” nomiga juda mos.