Samarqand shahrida faoliyat yuritayotgan shifokorlar voleybol bahsida yetakchi bo‘ldi

11 noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini munosabati bilan belgilangan tadbirlar boshlandi

Samarqand shahrida Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi viloyat kengashi tarmoq tizimidagi Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand filiali kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xotin-qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada viloyatimizning shahar va tumanlaridan kelgan 10 ta jamoa ishtirok etdi.

Murosasiz o‘tgan bellashuvda Samarqand shahar 3-bekat jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Samarqand shahar 2-bekat jamoasi esa musobaqada ikkinchi, Kattaqo‘rg‘on tuman jamoasi uchinchi o‘rinni band etdi.

G‘olib jamoalar kasaba uyushmasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.