Samarqand shahrida ommaviy yurish o‘tkaziladi

“Sog‘lom turmush tarzini tanlaymiz” shiori ostida o‘tkaziladigan ommaviy yurish 24 avgust kuni ertalab soat 7.00 da Samarqand viloyati musiqali drama teatri oldidan boshlanib, Bo‘stonsaroy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari orqali “Dinamo” stadionigacha davom etadi.

Ishtirokchilar mazkur o‘yingohda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishadi.

Ommaviy yurishda barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

PS:Tadbir chog‘ida Bo‘stonsaroy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarining ayrim qismlarida transport vositalari qatnovi vaqtincha cheklanadi.