Ommaviy yurishda 12 ming kishi ishtirok etdi

Samarqand shahrida Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan "Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz" shiori ostida ommaviy yurish bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati hokimligi hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan marafonda ishtirokchilar Samarqand viloyati musiqali drama teatri oldidan yurishni  boshlab, Bo‘stonsaroy va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari orqali “Dinamo” stadioniga kelishib, o‘yingohda ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarishdi.

Ommaviy yurish marafonida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.