Samarqand shahridagi bir maktab direktori o‘rinbosari 700 dollar bilan qo‘lga olingan

U bu pulni maktabdan ish so‘rab kelgan fuqaroga yordam berishni va’da qilib, qo‘lga kiritgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan sir fosh etildi.

Oqibatda sud tomonidan 1 yil 6 oy muddatga maktab va maktabgacha ta’lim tizimida mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi.

Shuningdek, 2 yil 1 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jazo uning yashash joyida belgilangan hamda ish joyiga borishi va uy-joyiga qaytib kelishi uchun zarur bo‘lgan vaqtdan tashqari qolgan vaqtda uy-joyidan chiqish cheklandi.

Bundan tashqari:

- nazorat qiluvchi organ roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik;

- Samarqand viloyati hududini tark etmaslikdan iborat qo‘shimcha taqiqlar (cheklashlar) yuklatilgan.