Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prikdan yuk mashinasi quladi

Bugun, 28 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda yuqoridagi ko‘chalar kesishmasida joylashgan ko‘prikdan “ZIL” yuk mashinasi qulab tushgani haqda xabarlar tarqaldi.

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, bugun soat 11:40lar atrofida yuqoridagi ko‘prikdan o‘tayotgan “ZIL” rusumli transport vositasi haydovchisi M.Ch., rul boshqaruvini yo‘qotib, pastga tushib ketgan.

Haydovchi Tibbiyot birlashmasiga olib borilib, shifokor yordami ko‘rsatilgan. Hozirda ahvoli yaxshi.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.