Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari kotibiyat mudiri o‘zgargan
Xabar berishlaricha, shu paytgacha ayni lavozimda ishlagan Qayum Xushboqov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan.
Viloyat hokimining farmoyishiga asosan Maxqulov Rivojiddin Jaloliddinovich iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar kotibiyati mudiri sifatida ish boshlagan.
R.Maxqulov tayinlovga qadar mazkur kotibiyatda guruh rahbari vazifasida ishlagan.
Xushboqov Kayum esa viloyat hokimligi Axborot-tahlil guruhi rahbari lavozimiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimi vakant turibdi.
Bu vazifani vaqtincha bajarish yana bir o‘rinbosar F.Abilovga yuklatilgan.