Samarqand viloyati ulgurji va chakana savdo tovar aylanmasi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyat bo‘yicha chakana savdo tovar aylanmasi 10202,5 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 100,7 foizni tashkil etdi.

Jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 2214,2 milliard so‘mni yoki o‘sish sur’ati 163,7 foizni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining tovar aylanmasi 7988,3 milliard so‘m, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 91,0 foizni tashkil qilgan.

Chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 2019 yilning yanvar–avgust oylariga nisbatan 63,7 foizga oshdi va 2214,2 milliard so‘mni tashkil qildi. Bu esa viloyat bo‘yicha umumiy savdo hajmining 21,7 foizlik ulushini tashkil qilmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 7988,3 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga ko‘ra 9,0 foizga kamaygan. Viloyatning chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 78,3 foizni ko‘rsatmoqda.

Samarqand viloyati statistika boshqarmasi axborot xizmati.