Samarqandda 2824 nafar ishchi-xizmatchilar norasmiy ishlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi

Viloyat moliya bosh boshqarmasi hamda hududiy moliya organlari tomonidan savdo, qurilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida o‘tkazilgan manzilli o‘rganishlarda joriy yilning olti oyi davomida 1241 ta sub’yektlarda 2824 nafar ishchi-xizmatchilarning norasmiy ishlab kelayotgani aniqlandi.

Ushbu ishchilarning buyruqlari rasmiylashtirilib, qonuniylik ta’minlandi hamda byudjetga qo‘shimcha 2,5 milliard so‘mlik manbalar yaratildi.

Jumladan, Samarqand shahridagi 221 ta korxonada 503 nafar, Oqdaryodagi 59 ta korxonada 155 nafar, Ishtixondagi 136 ta korxonada 251 nafar, Kattaqo‘rg‘ondagi 115 ta korxonada 236 nafar, Qo‘shrabotdagi 285 ta korxonada 469 nafar, Payqariqdagi 153 ta korxonada 461 nafar, Paxtachidagi 142 ta korxonada 249 nafar, Nuroboddagi 31 ta korxonada 234 nafar, Toyloqdagi 52 ta korxonada 90 nafar hamda Samarqand tumanidagi 47 ta korxonada 176 nafar norasmiy ishlab kelayotgan ishchi-xodimlar aniqlanib, qonuniy ishlari ta’minlandi.

Viloyat moliya bosh boshqarmasi axborot xizmati.