Samarqandda 68 kishida koronavirus aniqlandi, 90 nafar bemor tuzaldi

🔺2021 yil 29 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 155639 (+795) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:

📌86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,

📌30 nafari Andijon viloyatida,

📌16 nafari Buxoro viloyatida,

📌21 nafari Jizzax viloyatida,

📌20 nafari Qashqadaryo viloyatida,

📌14 nafari Navoiy viloyatida,

📌23 nafari Namangan viloyatida,

📌68 nafari Samarqand viloyatida,

📌25 nafari Sirdaryo viloyatida,

📌28 nafari Surxondaryo viloyatida,

📌85 nafari Farg‘ona viloyatida,

📌33 nafari Xorazm viloyatida,

📌115 nafari Toshkent viloyatida,

📌231 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 660 nafar, shundan Samarqand viloyatida 90 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 147 903 nafarga yetdi, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi, deyilgan sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati bergan xabarda.