Koronavirus: Samarqandda 91 kishida kasallik aniqlandi, 182 nafar bemor tuzaldi
🔺 18 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 146 459 (+844) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
🦠 Yangi kasallanish holatlarining:
📌 70 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
📌 39 nafari Andijon viloyatida,
📌 21 nafari Buxoro viloyatida,
📌 51 nafari Jizzax viloyatida,
📌 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
📌 16 nafari Navoiy viloyatida,
📌 36 nafari Namangan viloyatida,
📌 91 nafari Samarqand viloyatida,
📌 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
📌 92 nafari Surxondaryo viloyatida,
📌 73 nafari Farg‘ona viloyatida,
📌 39 nafari Xorazm viloyatida,
📌 98 nafari Toshkent viloyatida,
📌 169 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
♻️ Kecha respublikamiz bo‘yicha 791 nafar, shundan Samarqand viloyatida 182 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 139 021 nafarga yetdi, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1000 nafardan oshdi.