Samarqandda 82,5 million so‘m qarz uchun "Equinox" avtomashinasi sotilishi mumkin
Samarqand harbiy sudining 2024 yil 19 fevraldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor X.T.dan davlat foydasiga 82,5 million so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati MIBning Samarqand shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ushbu ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.
Qarzdor davlat ijrochisi tomonidan bir necha bor ogohlantirilganligiga qaramasdan qarzdorlikni bartaraf etmagan va MIBning Samarqand shahar bo‘limi xodimlari tomonidan qarzdorga tegishli bo‘lgan "Equinox" rusumli avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Qarzdorlik bartaraf etilmagan takdirda, mazkur avtotransport vositasi tegishli tartibda baholanib, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqariladi.