Samarqandda aholiga qancha subsidiya (qaytarilmaydigan qarz) ajratilgan?
Yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish, urug‘liklar, ko‘chatlar va sug‘orish vositalari xarid qilish uchun jami 1 569 ta - 2542,5 mln. so‘m subsidiyalar ajratilgan.
Jumladan:
Samarqand shahrida 3 ta - 24,3 mln. so‘mlik;
Kattaqo‘rg‘on shahrida 92 ta - 67,5 mln. so‘mlik;
Bulung‘ur tumanida 202 ta - 208 mln. so‘mlik;
Jomboyda 102 ta - 134,1 mln. so‘mlik;
Ishtixonda 104 ta - 156,3 mln. so‘mlik;
Kattaqo‘rg‘on tumanida 69 ta - 108,9 mln. so‘mlik;
Qo‘shrabotda 101 ta - 208,1 mln. so‘mlik;
Narpayda 90 ta - 152,85 mln. so‘mlik;
Nurobodda 91 ta - 150,1 mln. so‘mlik;
Oqdaryoda 109 ta - 292 mln. so‘mlik;
Payariqda 91 ta - 288 mln. so‘mlik;
Past Darg‘omda 3 ta - 58,8 mln. so‘mlik;
Paxtachida 54 ta - 94,7 mln. so‘mlik;
Samarqand tumanida 140 ta - 142,5 mln. so‘mlik;
Toyloqda 107 ta - 137,7 mln. so‘mlik;
Urgutda 211 ta - 319 mln. so‘mlik issiqxonalar uchun subsidiyalar ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, subsidiyalar Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan hisobidan quyidagi maqsadlar uchun ajratiladi:
a) Agentlikning hududiy boshqarmasi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:
yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorida;
sug‘orish vositalari xarid qilish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorida;
urug‘liklar va ko‘chatlar sotib olish uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravarigacha miqdorida.
Ishsiz, kam ta’minlangan yoki kambag‘al oilalar a’zosi bo‘lgan tomorqa yer egasi yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish va/yoki urug‘liklar, ko‘chatlar yoxud sug‘orish vositalari xarid qilish uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tavsiya berishni so‘rab o‘zining doimiy yashash manzilidagi hokim yordamchisiga yoki «Onlayn mahalla» elektron platformasi orqali murojaat qilishi mumkin.