Samarqandda dekabr oyida “Konstitutsiyani o‘rganamiz va unga amal qilamiz!” shiori ostida oylik e’lon qilindi
- 25.11.2019 09:29
- 242
- Samarqand
Bugun o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyat hokimi E.Turdimov ana shunday taklifni bildirdi.
Oylik davomida joylarda aholining barcha qatlamlari o‘rtasida Bosh qomusimiz mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbatlari, uchrashuvlar va ma’naviy tadbirlar uyushtiriladi. Bu ishga adliya, madaniyat boshqarmalari, ma’naviyatchilar, ijodkorlar va tajribali huquqshunoslar jalb etiladi.
Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
Tanlov g‘oliblari oylik yakuniga ko‘ra, viloyat hokimligi tomonidan rag‘batlantiriladi. Shuningdek, g‘oliblar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasiga sayohat uyushtirish ham ko‘zda tutilgan.