Samarqandda elektrotexnika sanoati yo‘nalishida minglab kadrlarga ehtiyoj borligi aytildi
- 06.05.2022 18:41
- 133
- O‘zbekiston

Prezident raisligidagi yig‘ilishda kelgusi uch yilda tarmoq uchun 4 ming nafar oliy va 14 ming nafar o‘rta ma’lumotli mutaxassislar zarur bo‘lishi ta’kidlandi.
Misol uchun, birgina Samarqandda ishga tushiriladigan korxonalarda 2022 yilda 1 ming 200 nafar mutaxassisga ehtiyoj mavjud.
Shuning uchun Toshkent shahridagi Radiotexnika kolleji, Samarqand va Chirchiq xizmat ko‘rsatish texnikumlari, Farg‘ona elektrotexnika kolleji “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga biriktirilishi belgilandi.
Bir oy muddatda Toshkent davlat texnika universiteti va boshqa oliygohlarning elektrotexnika bo‘yicha o‘quv dasturlarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish vazifasi topshirildi.
Teglar:
Prezident yig‘ilishi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
- 59 daqiqa avval
- Samarqand
Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda
- 1 soat avval
- Jamiyat
Poraxo‘rlik inqirozga olib boradi
- 2 soat avval
- Jamiyat
NIMALAR YO‘Q XITOYDA?
- Kecha, 17:08
- Mutolaa