22 turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari bojxona bojlaridan ozod etiladi

Prezident aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash choralari yanada kengaytirilishini ta’kidladi.

Buning uchun, 2023 yil 1 yanvarga qadar:

- 22 turdagi iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlari (go‘sht, baliq, sut mahsulotlari, meva, o‘simlik yog‘i) bojxona bojlaridan ozod etiladi;

- oziq-ovqatni import qilishda bojlarni oshirilgan stavkada qo‘llash to‘xtatib turiladi;

- davlat xaridlarida oziq-ovqat mahsulotlarini import qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtincha bekor qilinadi.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bozordagi narx-navoni asossiz oshirish, raqobatni buzish, bozorga kirishga to‘sqinlik qilish holatlari bo‘yicha vakolatlari kuchaytiriladi.

Viloyat hokimlariga o‘z hududida yetishmaydigan mahsulotlarni import qiluvchi tadbirkorlarga kredit berish, logistika va import qilish bilan bog‘liq barcha jarayonlarda amaliy yordam ko‘rsatish topshirildi.