Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda IT loyihalar bo‘yicha tanlov o‘tkazildi

Samarqand viloyati yoshlari o‘rtasida «Istiqbolli IT loyihalar», «Dasturlash», «Robototexnika» va «Kibersport» yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov va musobaqalar tashkil etilib, g‘oliblar aniqlandi. Samarqand shahridagi IT-park hududiy filialida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi viloyat hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda viloyat tashkilotlari rahbarlari, xodimlari ishtirok etdilar.

Ushbu tanlovlar yoshlar tomonidan dasturlash, robototexnika va kibersport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, IT sohasida loyihalar ishlab chiqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tashkil etildi.

Tadbir davomida g‘olib bo‘lganlarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, loyihalar ko‘rgazmasi hamda yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan IT loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada faol ishtirok etgan hamda IT sohasiga qiziquvchi va ushbu yo‘nalishda o‘quv kurslarida ishtirok yetib kelayotgan 1-son Mehribonlik uyining 12 nafar tarbiyalanuvchilariga ham esdalik sovg‘alari topshirildi.

***

Ushbu maqola Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.