Samarqandda Milliy gvardiya xodimi 100 ming dollar bilan ushlandi
- 01.03.2022 10:35
- 2041
- Jinoyat va jazo
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Milliy gvardiyaning Samarqand viloyat qo‘riqlash boshqarmasi nazoratchisi muqaddam ikki marotaba sudlangan shaxs bilan o‘zaro til biriktirib, Samarqand tumanidagi o‘zganing nomida bo‘lgan fermer xo‘jaligining 6 gektar yer maydonini 157 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa